G'azodagi Xalqaro Qizil Xoch idorasini o'qqa tutish oqibatida 25 falastinlik halok bo'ldi

Dunyo

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) G‘azodagi idorasi o‘qqa tutilishi oqibatida 25 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Uning atrofida vaqtinchalik chodirlarda istiqomat qilayotgan yuzlab ko‘chirilgan falastinliklar bor edi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

G'azodagi Xalqaro Qizil Xoch idorasini o'qqa tutish oqibatida 25 falastinlik halok bo'ldi
Hamas tomonidan boshqariladigan hududdagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham o‘qqa tutilish oqibatida 50 nafar yarador borligini ma’lum qilib, bunda Isroilni aybladi. Vazirlikning ta'kidlashicha, juma kuni Isroil bombardimoni XQXQ bazasi yaqinida joylashgan “al-Mavasiy hududidagi ko'chirilgan odamlarning chodirlariga qaratilgan".

Al-Mavasiy Isroil tomonidan gumanitar "xavfsiz hudud" sifatida belgilangandi va Isroilning Janubiy Rafah shahriga hujumidan keyin minglab odamlar u yerga qochib ketishgandi.

Isroil harbiylari (IDF) o'z bayonotida G'azoning Markaziy qismida jangarilar va ularning infratuzilmasiga qarshi "razvedka asosida aniq operatsiya" o'tkazayotganliklarini aytishdi.

Isroil avvalroq suv va kanalizatsiya tizimi bo'lmagan va falastinliklar nochor ahvolda yashayotgan qishloq hududi al-Mavasiy yaqinidagi joylarni bombardimon qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing