Germaniya bilan hamkorlikda jurnal chop etiladi

O'zbekiston

Joriy yilning 10 oktyabr kuni Germaniya-O‘zbekiston forumi prezidenti, Nemis jurnalisti va media tadbirkori Detlef Prinz bilan Bright Uzbekistan asoschisi Davron Abdullaev uchrashuv o‘tkazdi.

Germaniya bilan hamkorlikda jurnal chop etiladi
Detlef Prinz 1992 yildan hozirgi kungacha "Prinz Medien Holding" kompaniyalar guruhining asoschisi. Ushbu xoldingga turli gazeta va nashriyotlar, shuningdek, “Berlin-Brandenburg” media instituti va "Keyser" nashriyoti kiradi.

Nemis jurnalisti va media tadbirkori Detlef Prinz yurtimizga tashrifi davomida “Poytaxt Nomasi” gazetasini, hamkor davlat O‘zbekiston uchun, nemis va o‘zbek tillarida nashrdan chiqarib keldi.

Hyatt Regency Tashkent mexmonxonasida shu yilning 9 oktyabr sanasi "Germaniya birligi kuni" milliy bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Bosh Vazir Abdulla Aripovga, “Poytaxt Nomasi” gazetasining yangi nashrini Muallif Detlef Prinz taqdim etdi, unda “Nemis-O‘zbek forumi ikkala mamlakat va ularning poytaxtlari xamkorligini qo‘llab-quvvatlamoqda” degan mavzu yoritilgan.

Davron ABdullaev Detlef Prinz bilan uchrashuv davomida, O‘zbkiston va Germaniya yetakchilari ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari mavzularini keng yoritib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida yangi jurnal tayyorlash masalasi muhokama qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing