Germaniya BMT Bosh Assambleyasida Falastinni tan olishdan bosh tortdi

Dunyo

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlin hozir ham, BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak sessiyasida ham Falastin davlatchiligini tan olmoqchi emasligini aytdi.

Germaniya BMT Bosh Assambleyasida Falastinni tan olishdan bosh tortdi
26 avgust kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakat Falastinni davlat sifatida tan olish tashabbusiga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “tan olish uchun zarur shartlar to‘liq bajarilmagan, so‘nggi kunlarda yuz bergan voqealar ham Berlin pozitsiyasini o‘zgartirmadi”.

Mers, shuningdek, Germaniya sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij Falastinni rasman tan olishini bildirgan edi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, shuningdek Malta va Kanada rahbarlari ham xuddi shunday qaror qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing