Germaniya Nikaraguaning G‘azodagi «genotsidga ko‘maklashish» haqidagi da’vosini rad etishni so‘raydi
Dunyo
Germaniya dushanba kuni BMT Xalqaro sudidan Nikaraguaning Berlinni Isroilni qo‘llab-quvvatlash orqali «genotsidga ko‘maklashish»da ayblayotgan da’vosini rad etishni so‘raydi. Ish bo‘yicha to‘rt kunlik tinglovlar Gaagadagi BMT Xalqaro sudida o‘tkazilmoqda.
Nizoning tarixi 2024-yilda, Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyoti boshlanganidan ko‘p o‘tmay berilgan Nikaragua da’vosiga borib taqaladi. O‘shanda Managua suddan shoshilinch choralar ko‘rishni va Germaniyani Isroilga yordamni, xususan harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatishga majburlashni so‘ragan.
2024-yil aprel oyida BMT Xalqaro sudi bu talabni rad etib, «hozirgi holatdagi sharoitlar» shoshilinch choralar ko‘rishni oqlamasligini bildirgan. Shu bilan birga, asosiy ish bo‘yicha jarayon davom etgan.
Endilikda Germaniya ishni tugatishga intilmoqda. Berlin sudning bu ishni ko‘rib chiqish vakolati yo‘qligini yoki Nikaraguaning dalillari asossiz ekanini isbotlashga harakat qiladi. BMT Xalqaro sudi bayonotiga ko‘ra, Germaniya «sud yurisdiksiyasi va Nikaragua ilgari surgan ayrim talablarning maqbulligiga oid dastlabki e’tirozlar»ni taqdim etgan. Berlin pozitsiyasining tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Germaniya dushanba kuni o‘z pozitsiyasini bildirganidan so‘ng Nikaragua javob beradi. Keyin har ikki tomon chorshanba va payshanba kunlari sudda yana chiqish qiladi. Bunday ishlar bo‘yicha qaror chiqarish o‘rtacha olti oyga yaqin vaqt oladi.
Sud da’voni to‘liq rad etishi yoki Germaniya foydasiga bo‘lmagan qaror chiqarishi mumkin. Ikkinchi holatda ish mazmunan va batafsil ko‘rib chiqishda davom etadi.
2024-yil aprelidagi tinglovlarda Nikaraguaning Niderlandiyadagi elchisi Karlos Xose Arguello Gomes: «Germaniya o‘zini himoya qilish va genotsidni farqlay olmayotganga o‘xshaydi», degan edi. Germaniya esa da’voni «o‘ta biryoqlama» deb atab, 1948-yildagi BMT Genotsid konvensiyasini buzganlik haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etgan.
Berlin, shuningdek, Isroil bilan qurol savdosi «xalqaro huquq talablaridan ancha yuqori» bo‘lgan «sinchkov tekshiruv»dan o‘tishini bildirgan. Germaniya natsistlar o‘tmishini hisobga olgan holda Isroil xavfsizligini tashqi siyosatining «markaziy elementi» deb ataydi.
Nikaraguaning Germaniyaga qarshi ishi BMT Xalqaro sudida ko‘rilayotgan boshqa jarayondan alohida. Unda Janubiy Afrika Isroilni G‘azoda genotsid sodir etganlikda ayblamoqda. Isroil bu ayblovlarni rad etadi.

Powered by Froala Editor