Germaniya yirik iqtisodiyot maqomini yo'qotmoqda

Iqtisodiyot

“Bloomberg” agentligining xabar berishicha, Germaniya siyosiy va energetika inqiroziga yuz tutdi va bu uning yirik iqtisodiyot maqomiga tahdid solmoqda. Bu inqiroz AQSh va Xitoy o’rtasidagi raqobat, shuningdek, Rossiya gazi yetkazib berilmayotgani bilan bog'liq.

Germaniya yirik iqtisodiyot maqomini yo'qotmoqda
2017-yildan boshlab Yevropaning eng yirik iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayishni boshladi va bu tendensiya raqobatbardoshlikning yomonlashuvi tufayli tezlashmoqda. AQSh iqlim sarmoyalari bo'yicha yevropalik hamkorlar bilan faol raqobatlashmoqda, Xitoy tobora muhim raqobatchiga aylanib bormoqda va arzon Rossiya gazi yetkazib berilmayotgani ba'zi og'ir sanoat ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazmoqda.

VCI sanoat assotsiatsiyasining yaqinda o'tkazgan so'roviga ko'ra, deyarli har o'ninchi kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarini butunlay to'xtatishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing