Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi

Dunyo

Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘ir suv toshqiniga olib keldi. Bir kechada Saar viloyatida har kvadrat metrga 100 litr yog'ingarchilik tushdi. Bu haqda Die Welt gazetasiga tayanib, TASS xabar berdi.

Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi
Saar Ichki ishlar vazirligi, ayniqsa, Noynkirxen, Saarpfalz va Saarbryukken tumanlarida sezilarli darajada suv toshqinini qayd etdi. Ko‘plab hududlar suv ostida qolgan, bu esa mahalliy aholini uylarini tark etishga majbur qildi.

Taxminan 220 kishi evakuatsiya qilindi, Saarbryukenning ayrim qismlarida elektr taʼminotidagi uzilishlar kuzatildi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo’q.

Suv toshqiniga javoban Germaniya kansleri Olaf Scholz saylovoldi tashviqotidagi nutqini bekor qildi va vaziyatni baholash uchun toshqin yuz bergan joyga tashrif buyurishni ma'qul ko'rdi.

Germaniya meteorologiya xizmati, ayniqsa, mamlakat g‘arbida kuchli yomg‘ir davom etishi, boshqa hududlarda suv toshqini xavfi borligi haqida ogohlantirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing