O‘zbekistonning yangi elchisi Qirg‘izistonga yetib keldi
Siyosat
25-sentabr kuni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi yangi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
59 yoshli diplomat avval Qozog‘istonda elchi sifatida faoliyat yuritgan va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi aloqalarini mustahkamlashda katta tajribaga ega. Shu yilning avgust oyida Niyozxo‘jayev Qozog‘iston Prezidenti tomonidan “Dostik” ordeni bilan taqdirlangan.
Niyozxo‘jayev Toshkent Politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. U avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Prezident ma’muriyatida turli lavozimlarda ishlagan.
Uning Bishkekdagi yangi missiyasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. U Qirg‘izistondagi elchi lavozimida Xurshid Mirzoxidovni almashtirdi.

Powered by Froala Editor