“Google” va “Amazon” xodimlar sonini qisqartirmoqda

Biznes

“Google” o'z qarorini xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish va asosiy mahsulotlarga diqqat qaratish bilan izohladi.

“Google” va “Amazon” xodimlar sonini qisqartirmoqda
10-yanvar kuni “Google” ishdan bo‘shatilganlar soni haqida aniq ma’lumot bermasdan, yuzlab xodimlar sonini qisqartirishi va bir qancha bo'linmalarni qayta tashkil etishini e'lon qildi. Kompaniya asosiy muhandislik bo'limida, shuningdek, “Voice Assistant” ovozli yordamchisi va “Pixel” kabi smartfonlari, “Nest” aqlli uylaridagi avtomatizatsiya qurilmalari va fitnes uchun mo’ljallangan “Fitbit” bilaguzuklari kabi qurilmalar ustida ishlaydigan xodimlar sonini qisqartirmoqda. Qolaversa, kengaytirilgan reallik muhandisligi bo'limining aksariyat xodimlari ham ishdan bo'shatiladi.

Kompaniya har bir bo‘linmada ishdan bo‘shatilgan xodimlarning aniq soni va qayta tashkil etishda qanday aniq o‘zgarishlar kiritilishi haqida ma’lumot bermadi. Qisqartirishning birlamchi sababi xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish va asosiy mahsulotlarga diqqat qaratish istagi bilan izohlanadi.

Shuningdek, o'sha kunning o’zidayoq Amerikaning yana bir texnologik kompaniyasi “Amazon” yuzlab xodimlar sonini qisqartirishini e'lon qildi. “Amazon” xodimlarni “Twitch” va “Prime Video” striming xizmatlaridan hamda o’zi 2021-yilda sotib olgan “Metro-Goldwyn-Mayer” kinostudiyasidan ishdan bo'shatadi. Birgina “Twitch”ning o‘zida 500 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi, bu umumiy xodimlar sonining 35 foizini tashkil etadi.

Qisqartirishlar kompaniyaning "ma'lum sohalarga sarmoya kiritishni qisqartirish yoki to'xtatish" va eng serdaromad mahsulotlarga diqqat qaratish niyati bilan bog'liq.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing