Grenlandiya sabab YI AQShga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
Dunyo
Yevropa Ittifoqi AQSh Grenlandiyaga bo‘lgan hududiy da’volaridan voz kechmasa, amerikalik yirik kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, cheklov choralariga Google, X va Microsoft kabi AQShning texnologiya gigantlari tushishi mumkin. Bu YIning Grenlandiya atrofidagi vaziyat keskinlashuviga ehtimoliy javobi sifatida baholanmoqda.
Shu bilan birga, Daily Mail yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp allaqachon Maxsus operatsiyalar qo‘shma qo‘mondonligiga Grenlandiyaga ehtimoliy bostirib kirish rejasini ishlab chiqishni topshirgan. Oq uy bu xabarlarni rasman tasdiqlamagan.
Avvalroq Tramp Grenlandiyaning AQSh milliy xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, Daniya bilan kelishuv bo‘lmasa, qat’iy choralarni istisno qilmasligini bildirgan edi. Yevropada bu bayonotlar jiddiy xavotir uyg‘otdi va siyosiy hamda iqtisodiy javob choralarini muhokama qilishni tezlashtirdi.

Powered by Froala Editor