Gretsiyada jazirama issiq ob-havo kuzatilmoqda: sayyohlarni xavfdan ogohlantirishmoqda

Dunyo

Gretsiyadagi harorat shunchalik balandki, mashhur sayyohlik joylari yopilmoqda, odamlar navbatda hushidan ketmoqda.

Gretsiyada jazirama issiq ob-havo kuzatilmoqda: sayyohlarni xavfdan ogohlantirishmoqda
Independent nashrining yozishicha, mamlakat tarixdagi eng erta jazirama to‘lqiniga duch kelmoqda, oqibatda o‘lim holatlari kuzatilmoqda.

Sayyohlarga “To'rt nafar dam oluvchi halok bo'ldi va bir necha kishi rekord darajadagi harorat tufayli bedarak yo'qoldi” deya shoshilinch ogohlantirish berildi.

Ko'plab sayyohlik joylari, jumladan, Akropol yopildi. Rasmiylar aholiga uydan ishlashni va ochiq havoda serharakat mashg'ulotlardan qochishni maslahat berib, uchinchi darajali ogohlantirish e'lon qildilar.

Kritning shimoli-g'arbiy qirg'og'ida eng yuqori harorat +44,5°S darajasida qayd etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing