Gretsiyada Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqildi

Sport

Bugun Gretsiyaning Olimpiya shaharchasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Gretsiya OAV xabar bermoqda.

Gretsiyada Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqildi
Ularga ko'ra, marosimda 600 ga yaqin taniqli shaxslar, jumladan Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax ishtirok etdi.

Rejaga koʻra, mashʼala estafetasi Gretsiyada 11 kun davom etadi. Shundan soʻng 26-aprel kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi mashʼalani 120 yoshli “Le Belem” kemasida Marsel shahriga olib ketadi. 8-may sanasidan mashʼala butun Fransiya boʻylab 26-iyul – XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari startiga qadar aylanadi.

Parijdagi yozgi Olimpiya o'yinlari 26-iyuldan 11-avgustgacha bo'lib o'tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing