Gruziya Bosh vaziri O'zbekistonga yetib keldi

O'zbekiston

Bugun, 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Gruziya Bosh vaziri O'zbekistonga yetib keldi
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.

Kobaxidze 4-5-mart kunlari mamlakatda mehmon bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing