Gulshan Alimardonovaning tarixiy oltini
Sport
19 yoshli Gulshan Alimardonova ilk bor O‘zbekiston tarixida ayollar orasida karate bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Qohirada bo‘lib o‘tgan musobaqada u finalda 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, mamlakat sport tarixiga o‘z nomini yozdi.
27–30 noyabr kunlari Misrning Qohira shahrida o‘tkazilgan karate bo‘yicha jahon chempionatida Alimardonova malayziyalik sportchi Shaxmalarani Chandranga qarshi final jangida to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Sport vazirligi bu natijani «tarixiy yutuq» deb atadi va sportchining mamlakat tarixida birinchi ayol jahon chempioni bo‘lganini ta’kidladi.
Erkaklar orasida esa bundan oldin Dostonbek Otaboyev jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Gulshan uchun joriy yil nihoyatda omadli bo‘ldi: noyabr oyida Er-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida u kumush medalni, oktyabrda esa Ozarbayjonda o‘tkazilgan III MDH o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Karate bo‘yicha Xalqaro federatsiya (WKF) reytingiga ko‘ra, 300 dan ortiq raqiblar orasida Alimardonova 1737,5 ochko bilan 15-o‘rinda turibdi.

Powered by Froala Editor