HAMAS garovga olinganlarning ikkinchi guruhini Qizil Xochga topshirdi
Dunyo
Falastinning HAMAS harakati garovga olingan isroilliklarning ikkinchi guruhi - 13 kishini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, ozod qilinganlarning dastlabki yetti nafari allaqachon Isroil hududiga yetib kelgan.
Topshirish hibsdagi shaxslarni ozod qilish jarayoni doirasida amalga oshirildi. Isroil tomonining xabar berishicha, tibbiy xizmatlar garovga olinganlarni ularning ahvolini tekshirish va reabilitatsiya qilish uchun kutib olmoqda.
Powered by Froala Editor