HAMAS G‘azoning shimoliy va markaziy qismida nazoratni qo’lga oldi

Siyosat

Isroil armiyasi hududni tark etganidan so‘ng, radikal HAMAS harakati G‘azo sektorining shimoliy va markaziy qismlarida ma’muriy nazoratni tikladi.

HAMAS G‘azoning shimoliy va markaziy qismida nazoratni qo’lga oldi
OAV xabarlariga ko‘ra, Falastin anklavidagi jangovar harakatlardan keyingi davr bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilinmagani uchun HAMASning davlat xizmatlari sohasida ta’siri kuchaygan. Xabar qilinishicha, harakat G‘azo sektorining shimoliy va markaziy qismlarida aholiga yana ushbu xizmatlarni ko‘rsatishni boshlagan.

Manbalarning qayd etishicha, qurolli to‘qnashuvlar uchun tuzilgan favqulodda qo‘mitalar bilan bir qatorda G‘azo sektorining shimoliy va markaziy hududlaridagi munitsipalitet idoralari ham HAMAS nazorati ostida o‘z faoliyatini qayta boshlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing