HAMAS qurol topshirishga tayyorligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Dunyo

HAMAS harakati xalqaro nazorat ostidagi tuzilmalarga qurol topshirishga rozilik bildirgani haqidagi xabarlarni qat’iyan inkor etdi. Tashkilot bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

HAMAS qurol topshirishga tayyorligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Avvalroq Al Hadath va Al Arabiya telekanallari HAMAS go‘yoki AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp rejasiga ko‘ra, BMT nazorati ostidagi falastinlik va misrlik xavfsizlik kuchlari tuzilmalariga qurol topshirishga tayyorligini bildirganini xabar qilgan edi.

HARAKAT matbuot xizmati bayonotida “HAMAS qurol topshirish yoki qurolsizlanishga rozilik bergani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on” deb ta’kidladi. Tashkilot vakillarining aytishicha, bu kabi da’volar “qarshilik harakatining haqiqiy pozitsiyasini buzish va falastinliklar orasida ishonchni susaytirish”ga qaratilgan.

HAMAS, shuningdek, o‘z qurolini “falastin xalqini himoya qilish vositasi” deb atadi va uni “hech qanday tashqi kelishuvlar mavzusi bo‘la olmaydi” deya bildirdi.

Al Hadath va Al Arabiya kanallari hozircha bu bayonotga javob bermagan.

HAMAS qurolli qanotini saqlab qolish masalasida qat’iy pozitsiyani saqlamoqda. Bu orada AQSh, Misr va BMT ishtirokidagi diplomatik tashabbuslar haqida xabarlar tarqalishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing