Hamma narsada o‘zbeklarni ayblash kerak emas!

Dunyo

Rossiya Qurolli Kuchlari Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo'shinlari (RHBZ) boshlig'i, general-leytenant Igor Kirillovning qasddan o‘ldirilishi, ushbu qotillikni O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov o‘z bo‘yniga olishi ortidan Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga bosimlar ortishi haqida xavotirlar paydo bo‘ldi.

Hamma narsada o‘zbeklarni ayblash kerak emas!
Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Leonid Kalashnikovning fikricha, Rossiyadagi bunday tartibsizliklar “faqat Ukraina va populistlar”ga foyda keltiradi. Kalashnikov generalni o‘ldirishga buyruq berganlarning ikkita maqsadi borligini aytdi – Nafaqat Rossiya Qurolli kuchlari generalini o‘ldirish, balki mamlakatda migrantlarga qarshi tartibsizliklar keltirib chiqarish.

“Shuning uchun hamma narsada o‘zbeklarni ayblash kerak emas. Agar rus biror joyda biror ish qilgan bo‘lsa, bu bizning mamlakatimizda hamma narsa yomon deganimi? Albatta yo‘q, bu juda ibtidoiy qarash. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni oddiygina bir o‘zbekka bog‘lashdan foyda yo‘q. Bizning vazifamiz bu yerga ishlash uchun kelgan barcha muhojirlar ko‘chada sarson bo‘lmasligi va nazoratsiz qolmasligiga ishonch hosil qilishdir”, dedi Kalashnikov.

MDH ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin esa nashr bilan suhbatda Rossiyada kelayotgan muhojirlarga fobiya to‘lqini faqat Ukrainaga foyda keltirishini aytdi. U Rossiyada amaldagi o‘lim jazosiga bir tomonlama moratoriyni bekor qilishni talab qildi.

“Men Konstitutsiyamizda bolalar bog‘chalari, maktablar, oliy o‘quv yurtlarida, shuningdek, harbiy amaliyotlar chog‘ida vatanni himoya qilayotgan harbiylarimizga nisbatan teraktlar uyushtirgan shaxslarga sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilishi sharti bilan o‘lim jazosini joriy etishni ko‘p marotaba taklif qilganman. General Kirillov Mudofaa vazirligimiz rahbarlaridan biri sifatida o‘z burchini bajardi. Uning qotillari kimning fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar, o‘lim jazosini olishlari kerak”, dedi deputat.

“Shunday ekan, teraktning ikkinchi darajali maqsadi muhojirlarga qarshi to‘lqin va Rossiya va O‘zbekiston, Tojikiston va boshqalar o‘rtasida mojaro qo‘zg‘atishdir. Teraktda O‘zbekistonni va u bilan munosabatlarni ayblashga urinish, mohiyatan, O‘zbekiston Respublikasini sodir etilgan jinoyatga sheriklikda ayblashdir. Haqiqatan ham Prezident Mirziyoyevni general Kirillov qotillariga yordam berganlikda kimdir gumon qiladimi? Bunday dalil yo‘q. Lekin o‘zbek yoki tojikdan qasos olishga da’vat qilayotganlar bilib yoki bilmay birovning buyrug‘ini bajarayotgani haqida mutlaqo ochiq dalillar bor”, dedi Zatulin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing