AQSh Prezidentligi uchun ilk teledebat: Haris va Trampning keskin bahsi
Siyosat
AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Haris va Donald Tramp ilk marta teledebatlarda uchrashib, bir-birlarini yolg‘onchilikda ayblashdi. ABC News orqali jonli efirga uzatilgan ushbu debatlar noyabr oyidagi saylovlar oldidan o‘tkazilgan va bu ehtimoliy yagona yuzma-yuz bahs bo‘ldi.
Debatlar iqtisodiy masalalar bilan boshlandi. Kamala Haris mamlakatda "imkoniyatlar iqtisodiyotini" yaratishni rejalashtirayotganini aytdi va uy-joy narxi muammosini hal qilish, kichik biznes va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Tramp esa Harisni Jo Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi.
Bahs davomida Haris va Tramp bir-birlariga nisbatan qator ayblovlar yog‘dirdi. Haris Trampni mamlakatni iqtisodiy qiyinchiliklarga olib kelganlikda ayblab, uning siyosatini keskin tanqid qildi. Tramp esa Harisni “marksist” deb atab, uni otasining iqtisodiy qarashlari bilan bog‘ladi.
Debatlar davomida har ikkala nomzod Ukraina urushi va xalqaro siyosat masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Tramp urushni to‘xtatishga qodir ekanligini ta’kidladi, Haris esa NATO ittifoqchilari Trampning hokimiyatda bo‘lmaganidan mamnunligini aytdi.

Powered by Froala Editor