Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov WBA reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi

Sport

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentyabr oyidagi yangilangan reytingini e’lon qildi, unda O‘zbekistonning sakkiz nafar bokschisi yuqori o‘rinlarni band etdi.

Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov WBA reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi
Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn), Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) va Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) o‘z toifalarida birinchi o‘rinni egalladi. Ular o‘tgan oyda ham reytingning yuqori pog‘onasida edi.

Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazn toifasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi yarim yengil vaznda O‘zbekiston nomidan ringga chiqadigan Muhammad Shexov o‘tgan oyda bo‘lgani kabi 10-o‘rinda qoldi. Bu ko‘rsatkichlar mamlakat boksi uchun katta yutuq hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing