Haydar Aliyev tavalludining 101 yilligi: Zamonaviy Ozarbayjon Respublikasining bunyodkori
Dunyo
Bugun Ozarbayjonda umummilliy yetakchi Haydar Aliyevning 101 yilligi nishonlanmoqda. Siyosatchilar, siyosatshunoslar, madaniyat arboblari, olimlar uning tarixga qo‘shgan hissasini e’tirof etmoqdalar.
Haydar Aliyev Ozarbayjon davlatining zamonaviy qiyofasini shakllantirgan shaxs sanaladi.
Uning tarjimai holi o'z xalqiga xizmat qilish hikoyasidir.
Ma’lumoti va faoliyatining boshlanishi: Haydar Aliyev Naxchivon Pedagogika texnikumini tamomlab, Ozarbayjon Sanoat institutining meʼmorlik fakultetida tahsil olgan. Shundan so‘ng Naxchivon MSSR Xalq Ichki Ishlar Komissarligida va Naxchivon MSSR Xalq Komissarligi Sovetida turli mas’ul vazifalarda xizmat qilgan. 1944-yilda esa Naxchivon Viloyat Partiya Komiteti tomonidan davlat xavfsizligi organlariga ishga joʻnatilgan.
Ozarbayjonga rahbarlik qilgan yillari: 1969-yilda Haydar Aliyev Ozarbayjon SSR rahbari etib tayinlandi. Uning rahbarligida respublika taraqqiyot yo‘liga qadam tashladi. 1993-yilda Ozarbayjonning amaldagi rahbariyati o'z vazifalarini bajara olmaganida, Haydar Aliyev AR Oliy Kengashiga rahbarlik qilgan, keyin esa bu lavozimda unga prezident vazifasini bajaruvchi vakolatlari berilgan. Shu yilning 3-oktyabrida Haydar Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib saylandi.
Yutuqlari: Ozarbayjon Respublikasiga 10 yil davomida rahbarlik qilgan Haydar Aliyev respublikaning keyingi shonli tarixiga asos soldi. U Armaniston bilan oʻt ochishni toʻxtatishga erishdi, "Azeri-Chirag-Guneshli" blokini ishlab chiqish uchun "Asr Shartnomasi"ni tuzdi, madaniy meros obyektlarini saqlab qoldi, Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirdi.
Haydar Aliyev — zamonaviy Ozarbayjon Respublikasining bunyodkoridir.
Uning Ozarbayjon xalqi va butun dunyo oldidagi o’rni beqiyos.
Bugun uning xotirasini yod etib, chuqur hurmatimizni bildiramiz.

Powered by Froala Editor