Mirziyoyev O‘zbekistonning mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Armiyaning jangovar shayligini oshirish, qurol-yarog‘larni modernizatsiya qilish va mudofaa sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Mudofaa vaziri topshiriqlar ijrosi, jumladan, qo‘shinlarni har tomonlama tayyorlash va zamonaviy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha ma’ruza qildi. Prezidentimiz ofitser va harbiy muhandislarning jangovar va tezkor tayyorgarligini kuchaytirish, kasbiy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.
Mudofaa korxonalarini rivojlantirish va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida Prezident Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor