Hindistonda toshqin: 150 kishi qutqarildi, 100 nafari bedarak yo‘qolgan

Dunyo

Hindistonning shimolida joylashgan Dhamiy qishlog‘ini toshqin va sel oqimlari butkul vayron qildi. Qutqaruvchilar 150 kishini tirik topishga muvaffaq bo‘ldi, ammo yana yuzlab odamlar, jumladan harbiylar hamon bedarak yo‘qolgan.

Hindistonda toshqin: 150 kishi qutqarildi, 100 nafari bedarak yo‘qolgan
5-avgust kuni Hindistonning Uttarakhand shtatida kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan toshqin va sel oqimlari baland tog‘li Dhamiy qishlog‘ini butunlay yuvib ketdi. The Hindu nashriga ko‘ra, qutqaruvchilarga 150 kishini omon saqlab qolish nasib etdi.

Toshqinga Kxir-Ganga daryosining toshishi va tog‘lardan kelgan kuchli sel sabab bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda, 20 soniyada qishloqdagi uylar, mehmonxonalar va boshqa inshootlar to‘lqinlar bilan oqib ketgani aks etgan.

Halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Hozircha 100 ga yaqin kishi, jumladan 10 nafar qutqaruv ishlarida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolgan. Ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Qutqaruv ishlariga dronlar, harbiy kuchlar va xizmat itlari jalb etilgan. Ammo yomg‘irlar hanuzgacha to‘xtamayapti, bu esa ishni qiyinlashtirmoqda.

Hindiston mudofaa vaziri o‘rinbosari Sanjay Seth voqeani “nihoyatda jiddiy” deb atadi. Mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi va ichki ishlar vaziri Amit Shah holatni shaxsan kuzatib bormoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing