Hokimlarga vazifa: 350 mingta doimiy ish o‘rni yaratish va 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish

O'zbekiston

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etishi hamda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi kerak. Sentabr–dekabr oylariga hududlar oldiga bandlik va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar qo‘yildi.

Hokimlarga vazifa: 350 mingta doimiy ish o‘rni yaratish va 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish
Ushbu davrda 350 ming kishini doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.

Maqsadlarga erishish uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, shuningdek, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallalarda aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ko‘rsatmalar amaliy ishlarni tashkil etish va belgilangan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing