Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar mo‘rt kelishuvni xavf ostiga qo‘ydi
Dunyo
Hormuz bo‘g‘ozida savdo kemalariga uyushtirilgan yangi hujumlar AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlikning navbatdagi bosqichini keltirib chiqarishi hamda avval erishilgan kelishuvlarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi strategik bo‘g‘oz orqali o‘tayotgan tijorat kemalariga kamida ikkita raketa uchirgan. Nashrning amerikalik rasmiylar orasidagi manbalari ikki kema jiddiy zarar ko‘rganini, biroq qurbonlar yo‘qligini bildirdi.
Buyuk Britaniyaning dengiz savdo operatsiyalari xizmati — UKMTO Ummon qirg‘oqlari yaqinida tankerga hujum qilingani haqida alohida xabar berdi. Noma’lum snaryad kemaning chap bortiga tegib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Qurbonlar yoki ekologik zarar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, hujumga uchragan kemalardan biri Qatarning Nakilat kompaniyasiga tegishli Al Rekayyat gaz tashuvchi tankeri bo‘lishi mumkin. Zarba mashina bo‘limi hududiga tekkan bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Axios hodisa AQShning javob choralariga olib kelishi va Vashington hamda Tehron o‘rtasidagi mo‘rt o‘zaro anglashuvga tahdid solishini qayd etdi. AQSh zarbalari bo‘yicha hozircha rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

Powered by Froala Editor