“Huawei” kompaniyasi android kodsiz “HarmonyOS NEXT” operatsion tizimini taqdim etdi

Texnologiya

Avvalroq “Huawei” operatsion tizimi “Google” operatsion tizimiga o‘xshashligi uchun tanqid qilingan edi. Korporatsiya vakillari “HarmonyOS NEXT”ni kompaniya mutaxassislari noldan ishlab chiqishganini ta'kidladilar.

“Huawei” kompaniyasi android kodsiz “HarmonyOS NEXT” operatsion tizimini taqdim etdi
Korporatsiyaning bosh rahbari Yu Chengdong shunday dedi: «Haqiqiy operatsion tizim o'z bazasi va ekotizimiga ega bo'lishi lozim. “HarmonyOS NEXT” — bu androidning qobig'i emas, balki haqiqiy operatsion tizim». Kompaniya, shuningdek, chiqarilgan operatsion tizim ibtidoiy “Linux” yadrosiga asoslanmaganligini ta'kidladi, bu esa “HarmonyOS NEXT”ning mustaqil ishlash xususiyatini oshiradi.

Tizim sun'iy intellekt bilan to'liq uyg’unlashgan. Bundan tashqari, “HarmonyOS NEXT” turli platformalarda, jumladan, smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va boshqa gadjetlarda ham ishlatilishi mumkin. U omma uchun chiqarilishining aniq sanasi oshkor etilmagan.

2020-yil dekabr oyida “Huawei” androidga muqobil sifatida joylashtirilgan “HarmonyOS”ning birinchi versiyasini taqdim etdi. Biroq, “XDA Developers” mutaxassislari ushbu operatsion tizimni tahlil qilib, u asosan “Google” operatsion tizimini eslatishini ta'kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing