Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Siyosat

21-iyun kuni, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tegishli qarorlariga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan besh nafar nomzod Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga tanishtirildi.

Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Abduvaqqos Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi;

Azim Axmedxadjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;

Olimjon Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari;

Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi;

Amriddin Abduraxmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining yoʻl xoʻjaligi sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing