Hukumatda mahalliylashtirish boʼyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 92 trillion soʼmlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligini koʼrsatib oʼtdi.

Hukumatda mahalliylashtirish boʼyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi
Shavkat Mirizyoyev raisligida o'tkazilgan yig'ilishda birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʼsgani, lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi. Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda O'zbekistonda mavjud mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi.

Shu bois mahalliylashtirish boʼyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng koʼp import boʼlayotgan isteʼmol tovarlari roʼyxati va hajmi tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi. Raqobat qoʼmitasi hudud va tarmoq kesimida oʼrganib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar boʼyicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish boʼyicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi.

Bu yangi tizimni joriy qilish uchun Hukumatda mahalliylashtirish boʼyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi. Umuman, joriy yilda 92 trillion soʼmlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligi koʼrsatib oʼtildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing