Huquq: Kimlar dori vositalarini bepul olishi mumkin?

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga ko‘ra, bemorlar dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron retsepti asosida bepul olish mumkin.

Huquq: Kimlar dori vositalarini bepul olishi mumkin?
Quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega:
➡️ gipertoniya;
➡️ yurak ishemik kasalligi;
➡️ qandli diabetning ikkinchi turi;
➡️ bronxial astma;
➡️ o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.

Ushbu dori vositalari davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi dorixonalar orqali taqdim etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing