O‘zbekiston Bosh vazir xizmat avtomobili Mercedes-Benzdan Malibuga o‘zgartirildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobili Malibuga o‘zgartirildi. Bu Prezidentning topshirig‘i asosida amalga oshirilgan. Endilikda boshqa mansabdorlar ham mahalliy avtomobillardan xizmat mashinasi sifatida foydalanishga o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev, 5-martdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat tashkilotlari xorijiy avtomobillar o‘rniga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilga o‘tish zarurligini aytgan edi.
“Menga buni 20-martdan yoki 1-apreldan joriy qilaylik, deb taklif berishyapti. Yo‘q, unaqasi ketmaydi. Prezidentimiz topshiriq berdimi, zudlik bilan bajarishimiz shart. Bu hukumatning asosiy vazifasi”, — degan bosh vazir 7-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda.
Ma'lum bo'lishicha, Senat raisi Tanzila Norboyeva hamda Spiker Nuriddin Ismoilov Chevrolet Tahoe, bosh vazir o‘rinbosarlari Malibu, viloyat hokimlari esa Tahoe yoki Traverse’ga o‘tgan.
Davlat tashkilotlariga tegishli xorijda chiqarilgan avtomobillar bosqichma-bosqich “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotuvga chiqariladi.

Powered by Froala Editor