Toshkentda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
O'zbekiston
Bugun, 12 mart kuni mahalliy vaqt bilan 06:16 da Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning epitsentri poytaxtdan 19 km shimoliy-g‘arbda joylashgan.
Zilzila eng ko‘p Toshkentning Olmazor, Shayxontoxur, Uchtepa, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida sezildi. Aholi orasida talafotlar va jiddiy zararlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Mutaxassislar hududdagi seysmik faollikni kuzatishda davom etmoqda. Rasmiylar fuqarolarga xotirjamlikni saqlash va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qilmoqda.
Mutaxassislar hududdagi seysmik faollikni kuzatishda davom etmoqda. Rasmiylar fuqarolarga xotirjamlikni saqlash va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qilmoqda.
Powered by Froala Editor