Huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar bor — Mirziyoyev
Siyosat
Prezident Fargʻonada boʻlib oʻtayotgan IIVning kengaytirilgan yigʻilishida ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikning oldini olishda jilovni qo‘yib yuborganini ta’kidladi.
Bugun, 28-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab bermoqda.
Davlat rahbariga koʻra, o‘tgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Qotillik va tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, o‘g‘rilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy yetishmovchilik sabab, yoshlar va o‘smirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetishmasligi tufayli sodir bo‘lmoqda.
“Aslida ham, aholining tinchligini ta’minlash mahalladan boshlanishi kerak. Lekin mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi?”, deya savol qo‘ydi Prezident.
Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborganini taʼkidladi
“Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun ko‘rayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar ham bor”, dedi davlat rahbari.

Powered by Froala Editor