Husiylar Isroilga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi

Dunyo

Yamandagi husiylar harakati Isroilga qarshi raketa hujumi uyushtirganini e’lon qildi va bu harakatni AQSh va Isroil zarbalari ostida qolayotgan Eronga ko‘mak sifatida izohladi.

Husiylar Isroilga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi
Yamanning shimolini nazorat qiluvchi “Ansor Alloh” harakati Isroildagi harbiy obyektlarga ballistik raketalar uchirilganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, zarbalar “okkupatsiya qilingan Falastinning janubidagi muhim nishonlar”ga qaratilgan. Harakat vakillari buni AQSh va Isroil tomonidan hujumlarga uchrayotgan Eronga yordam sifatida izohladi.

Bu hozirgi Fors ko‘rfazi atrofidagi keskinlik boshlanganidan beri husiylar tomonidan e’lon qilingan ilk zarba hisoblanadi. Bu esa mojaroning yanada kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Hujum natijalari mustaqil manbalar tomonidan hali tasdiqlanmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing