Madaniy meros va mushtarak an’analar: O‘zbekiston va Ozarbayjon birinchi xonimlarining uchrashuvi
O'zbekiston
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva Toshkentdagi qo‘shma dastur doirasida uchrashdi. Muloqotda madaniy meros, tarixiy aloqalar va ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Birinchi xonimlar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning O‘zbekiston hududidagi sivilizatsiyalar taraqqiyotini qadimgi davrlardan Yangi O‘zbekistonning zamonaviy bosqichigacha aks ettiruvchi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.
Ular islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyalariga, Birinchi va Ikkinchi Renessansga hamda Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlangan zallarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishildi.
Tashrif Qur’on zalida davom etdi. Ekspozitsiyaning asosiy durdonasi VII asrga oid, Qur’onning eng qadimiy saqlanib qolgan qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan Usmon Mus’hafidir. Ushbu noyob islomiy yozma meros namunasi YUNESKOning “Memory of the World” xalqaro reyestriga kiritilgan.
Suhbat davomida Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi. Tomonlar xalqlarni birlashtiruvchi mushtarak tarix, madaniy an’analar va ma’naviy qadriyatlarni alohida ta’kidladi.
Qo‘shma dastur doirasida Birinchi xonimlar poytaxtdagi “Ahun Guzar” shourumiga ham tashrif buyurdi. Bu yerda o‘zbek hunarmandchiligi an’analarini rivojlantirayotgan va zamonaviy talqinda namoyish etayotgan mahalliy brendlarning ishlari taqdim etilgan.
Madaniy dasturda oila qurish bilan bog‘liq an’analar — kelin sarposini tayyorlash, suzana tikish, to‘y marosimlari, “kelin salom”, “beshik to‘yi” hamda an’anaviy “alla” namoyish etildi.

Powered by Froala Editor