Husiylar Saudiya Arabistoniga dengiz blokadasi e’lon qildi

Dunyo

Yamandagi «Ansor Alloh» (husiylar) harakati Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz blokadasi joriy etilganini e’lon qildi. Harakat vakillariga ko‘ra, bu qaror Yaman portlari blokadasi va Sana xalqaro aeroportiga uyushtirilgan hujumlarga javob sifatida qabul qilingan. Xabar e’lon qilingan paytda Ar-Riyod tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.

Husiylar Saudiya Arabistoniga dengiz blokadasi e’lon qildi
Harakatning rasmiy harbiy vakili Yahyo Sari blokada bayonot e’lon qilingan zahoti kuchga kirganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, qaror «ko‘zga ko‘z» tamoyili asosida qabul qilingan.

Avvalroq husiylar yetakchisi Abdul-Malik al-Husiy Saudiya Arabistonini AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil bilan hamkorlikda ayblab, keskinlik kuchaysa qirollikning neft infratuzilmasi va boshqa strategik obyektlariga zarbalar berilishi mumkinligini bildirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing