Hyundai Motor Rossiyadagi zavodini sotadi
Biznes
Zarar 219 million dollar sifatida baholanmoqda.
Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi zavodini sotmoqchi. 19-dekabr kuni kompaniya rasmiysining ma’lum qilishicha, nominal ulush qiymati 7000 rubl (77,67 dollar) evaziga sotiladi va kompaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyadagi aktivlarini sotgan eng soʻnggi global avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tartibga soluvchi hujjatga ko'ra, Hyundai Motor 2022-yil mart oyidan beri faoliyati to'xtatilgan zavodni sotishdan 287 milliard von (219,19 million dollar) zarar ko'radi.
Kompaniya Sankt-Peterburgdagi zavod aktivlarini Rossiyaning Art-Finance kompaniyasiga o‘tkazib bermoqchi va kelishuvga qaytarib sotib olish imkoniyatini kiritmoqchi. Ma'lum qilinishicha, bitim 28-dekabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor