Il-76 Patriot raketasi bilan urib tushirilgan – NYT

Dunyo

The New York Times’ning yozishicha, Belgorod viloyatida halokatga uchragan Il-76 samolyoti Patriot raketasi bilan urib tushirilgan. Samolyotda ukrainalik harbiy asirlar bor-yo'qligi hozircha noma'lum.

Il-76 Patriot raketasi bilan urib tushirilgan – NYT
New York Times (NYT) amerikalik rasmiylarga tayanib, 24-yanvar kuni Belgorod viloyatida halokatga uchragan Il-76 harbiy-transport samolyoti Patriot zenit-raketa majmuasidan otilgan raketa bilan urib tushirilganini da'vo qilmoqda.

8-fevral kuni e’lon qilingan materialga ko‘ra, tutuvchi raketa yevropalik hamkor tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan.

Jurnalistlarning so'zlariga ko'ra, ular bilan anonimlik sharti bilan shaxsiy suhbatlashgan amaldorlar Patriot raketasidan foydalanilganligi haqidagi xabarlar haqiqat ekanligini aytgan.

Shu bilan birga, bortda ukrainalik harbiy asirlar bormi, degan savol hamon noaniqligicha qolmoqda, deya qayd etadi nashr. Rossiya rasmiylari halokatdan keyin samolyotda 65 nafar ukrainalik asirlarni almashish uchun olib ketayotganini da'vo qilgan. Shu bilan birga, Amerika va Ukraina rasmiylari Rossiya Federatsiyasi o'lim sonini bo'rttirib ko'rsatishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

“Samolyot avvalroq raketalarni tashishda foydalanilgan va bu Kiyev uchun muhim nishonga aylangan. Yanvar oyida ukrainaliklar Il-76 ga raketa o'rnatilgan deb ishonib, unga pistirma uyushtirishdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, 13-may kuni Ukraina tomoni Rossiya Federatsiyasi bilan chegaraga yaqin hududga Patriot raketasini olib kelgan va Rossiyaning beshta samolyotini urib tushirgan. Keyin Ukraina yashirincha Patriot tizimini janubga joylashtirgan va u yerda Qora dengiz uzra Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotini urib tushirishda foydalangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing