Ilhom Aliyev: Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida tinchlik hukm surmoqda

Siyosat

Ilhom Aliyevning taʼkidlashicha, hozirda Ozarbayjon va Armaniston urush holatida emas va chegarada bir necha oydan beri tinchlik hukm surmoqda.

Ilhom Aliyev: Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida tinchlik hukm surmoqda
Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi. Suhbat chog’ida u prezidentni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta'minlaganligi bilan tabrikladi.

Ilhom Aliyevning fikricha, bu Ozarbayjon xalqi va davlati uchun tarixiy voqeadir, yangi sharoitlar esa tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, u Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volariga chek qo‘yish uchun tinchlik shartnomasini tuzish zarurligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing