Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 500 mlrd dollarlik boylikka erishdi

Biznes

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask yangi rekord o‘rnatdi: tarixda ilk bor inson boyligi 500 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Forbes Real-Time Billionaires ma’lumot berdi.

Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 500 mlrd dollarlik boylikka erishdi
1-oktabr kuni soat 15:30 da Maskning boyligi rekord darajaga chiqdi. Keyinroq ko‘rsatkich biroz pasaydi — 499,5 mlrd dollar, so‘ng 499,1 mlrd dollarga tushdi.

Asosiy omil — Tesla aksiyalarining qariyb 4% ga oshishi bo‘lib, bu Mask boyligini 9,3 mlrd dollarga ko‘paytirdi. Apreldan buyon, u Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) kuratori lavozimidan ketganidan so‘ng, kompaniya qimmatli qog‘ozlari deyarli ikki baravar oshdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabrida Mask tarixda ilk bor 400 mlrd dollarlik boylik chegarasini bosib o‘tgan edi. Analitiklarning taxminiga ko‘ra, agar hozirgi o‘sish sur’atlari saqlansa, u 2027-yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing