Innovatsion rivojlanish agentligi Jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tuzildi
O'zbekiston
Kecha, 21-iyul kuni Innovatsion rivojlanish agentligi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kengashning yangi aʼzosi, “Bright Uzbekistan” taʼsischisi Davron Abdullayev ham ishtirok etdi.
Kecha, 21-iyul kuni Innovatsion rivojlanish agentligi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Jamoatchilik kengashi aʼzolari, jurnalistlar va Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari boshchiligidagi jamoa ishtirok etdi.
Yigʻilishni Jamoatchilik kengashi raisi Abdurashid Hasanov ochib berdi va kun tartibida muhokama etilishi rejalashtirilayotgan masalalar bilan yigʻilganlarni tanishtirdi. Shuningdek, jamoatchilik kengashining yangilangan va kengaytirilgan tarkibi bilan yig'ilganlarni tanishtirdi.
Jamoatchilik kengashining kengaytirilgan yangi tarkibidan Abdurashid Xasanov, Dilorom Tashmuxamedova, Soyibjon Negmatov, Feruza Jo‘rayeva, Baxtinur Xudanov, Azizxon Umaroxonov, Gulsara Sagatxonova, Davron Abdullayev, Otabek Qahhorov, Bekzod To’xtamurodov, Shodi Xolikulov, Ibragim Askarov, Xayit Turayev, Bahodir Muhiddinov joy oldi.
Yigʻilishning birinchi qismida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev agentligining 2023-yil I yarim yillik faoliyati natijalari yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda agentlik tomonidan:
• davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha;
• Oʻzbekiston Respublikasining Global innovatsion indeks reytingidagi oʻrni boʻyicha;
• tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish boʻyicha;
• tarmoqlar korxonalarida innovatsion ekotizimini rivojlantirish boʻyicha;
• ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalar va xorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatkichlar boʻyicha;
• xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha;
• ilm-fan va taʼlim integratsiyasi boʻyicha;
• startap loyihalar boʻyicha
amalga oshirilgan ishlar erishilgan natija va yutuqlar haqida, kiritilgan oʻzgarishlar boʻyicha yigʻilganlarga maʼlumot berdi.
Shuningdek, Olimjon Toʻychiyev Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200 son qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlanish agentligining ustuvor yoʻnalishlari va tashkiliy tuzilmasidagi oʻzgarishlar, Innovatsion rivojlanish agentligiga biriktirilgan asosiy ustuvor yoʻnalishlar va qoʻshimcha yuklatilgan vazifalar boʻyicha kengash aʼzolariga maʼlumotlar berdi.
Yigʻilishning ikkinchi qismida Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahri tumanlarini va mahallalarini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar, Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ijtimoiy sohalarga ajratilgan grantlar, hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish hamda Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.
Shu bilan birga, Jamoatchilik kengashi aʼzolari agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirishdi va turli yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savol javob sessiyasi oʻtkazildi.

Powered by Froala Editor