O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O'zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Dasturga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Yetakchilar ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing