Insoniyat minglab to‘g‘onlar qurib, Yerning qutblarini deyarli bir metrga siljitdi

Dunyo

So‘nggi ikki asrda insoniyat 7000 ga yaqin to‘g‘on qurdi va ularda to‘plangan suv massasi Yerning aylanish o‘qini qariyb bir metrga siljitishga sabab bo‘ldi. Olimlar bu hodisa inson faoliyatining sayyoraga yana bir ta’sir shakli ekanini ta’kidlamoqda.

Insoniyat minglab to‘g‘onlar qurib, Yerning qutblarini deyarli bir metrga siljitdi
Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu kabi massaning qayta taqsimlanishi Yer qutblarining harakati qanday kechishini tushunishga yordam berishi mumkin, ayniqsa muzliklar global isish tufayli eriy boshlasa. Suv omborlari tabiiy tizimlarga qaraganda kichikroq bo‘lishiga qaramay, ular sayyoraning geofizik holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avvalroq olimlar inson faoliyati, jumladan, Orol dengizining qurib ketishi natijasida Yer mantiyasida deformatsiyalar yuzaga kelganini aniqlagan edi. Bu holat ilgari nazariy jihatdan mumkin emas deb hisoblangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing