Instagram’da xabarlarni tahrirlash va chatlarni qistirish imkoni paydo bo’ldi

Texnologiya

Instagram yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoniyatini taqdim etdi va chatlarni qistirish funksiyasini e'lon qildi. Bu uzoq kutilgan funksiyalar Instagram’ni WhatsApp ilovasiga yaqinlashtiradi.

Instagram’da xabarlarni tahrirlash va chatlarni qistirish imkoni paydo bo’ldi
Instagram’da nihoyat postlarni tahrirlash imkoniyati kabi eng kutilgan xususiyat paydo bo’ldi. Meta allaqachon WhatsApp foydalanuvchilariga yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkonini bergan bo'lsa-da, Instagram foydalanuvchilari bu foydali xususiyatni uzoq vaqtdan beri kutishgan.

Mark Sukerberg dushanba kuni ushbu xususiyatni va yaqinda xuddi WhatsApp’dagidek chatlarni qistirish funksiyasi paydo bo’lishini e'lon qildi.

Bu funksiya endi Instagram foydalanuvchilariga yuborilgan xabarlarni 15 daqiqa ichida tahrirlash imkonini beradi. Ilgari, yuborilgan Instagram xabaridagi xatoni tahrirlash yoki tuzatishning yagona yo'li xabarni yuborilishini bekor qilish yoki o'chirish edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing