Iordaniya Podshohi O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisini qabul qildi

Siyosat

The Jordan Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 30 sentyabr kuni Iordaniya Podshohi Abdulla II O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sardor Uktamovich Umurzakovni qabul qildi.

Iordaniya Podshohi O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisini qabul qildi
Uchrashuv Ammanda, Iordaniya Vali‘ahd shahzodasi Husayn ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ayniqsa savdo, investitsiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm va mudofaa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, G‘azo, G‘arbiy sohil va Quddusdagi vaziyat kabi mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Podshohning diniy va madaniy masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi va shaxsiy vakili shahzoda G‘oziy, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy, Podshoh Devonining rahbari Alaa Batayneh hamda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Shuningdek, Podshohning yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Tashrif doirasida to‘qqizta kelishuv va hamkorlik protokollari hamda uchta anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing