Iqtisodiy norozilik siyosiy inqirozga aylandi
Dunyo
Eronda 2022 yildan buyon eng yirik norozilik namoyishlari davom etmoqda. Mamlakat uchinchi sutkadirki, deyarli aloqasiz qolmoqda — hukumat internet va mobil tarmoqlar ishini cheklagan, bu esa hududlardan axborot olishni qiyinlashtirmoqda.
Noroziliklar dekabr oyining oxirida narxlar oshishi, inflyatsiya va iqtisodiy ahvolning yomonlashuvidan norozi bo‘lgan kichik tadbirkorlar ish tashlashlaridan boshlandi. Biroq tez orada ular hukumatga qarshi siyosiy shiorlar ostidagi ommaviy chiqishlarga aylandi.
Muxolif manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, namoyishlar yuzdan ortiq shaharni qamrab olib, so‘nggi yillarda Eron rahbariyati uchun eng jiddiy sinovga aylandi.
Mamlakatning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xameney voqealarni «tartibsizliklar» deb atab, ularni «tashqi kuchlar provokatsiyasi» bilan bog‘ladi. Keskinlik fonida AQSh norozilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan bo‘lsa, Tehron javob choralaridan ogohlantirdi.
Axborot blokadasiga qaramay, kelayotgan ma’lumotlar noroziliklar susaymayotgani va tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor