Irish Times: Irlandiya Falastin davlatini tan olishga tayyorlanmoqda
Dunyo
Irish Times gazetasining yozishicha, Irlandiya hukumati bugun Falastin davlatini rasman tan olishni rejalashtirmoqda. Manbaning aytishicha, hali nomlari oshkor etilmagan Yevropa Ittifoqining yana ikki davlati ham xuddi shunday qaror qabul qilishi mumkin.
Yakshanba kuni Bosh vazir Saymon Xarris Irlandiya oy oxirigacha Falastin davlatini tan olishini ma'lum qildi va bu harakatning potensial ziddiyatli xususiyatiga qaramay, Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzish niyatida emasligini ta'kidladi.
Falastin davlati hozirda Yevropa Ittifoqiga aʼzo toʻqqiz davlat tomonidan tan olingan. Bolgariya, Kipr, Chexiya, Vengriya, Malta, Polsha, Ruminiya va Slovakiya bu qadamni 1988-yilda, hatto Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan oldin qilgan, Shvetsiya esa Falastin davlatini 2014-yilda tan olgan. 2024-yil may oyi holatiga ko‘ra, Falastin BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi tomonidan suveren davlat sifatida tan olingan.

Powered by Froala Editor