Islandiyada ayollar gender tengligi uchun ish tashlash e’lon qildi

Dunyo

Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdottir mamlakatda gender tengligi uchun ish tashlashda qatnashib, orol davlatda tenglik uchun kurash juda sekin ketayotganini aytdi.

Islandiyada ayollar gender tengligi uchun ish tashlash e’lon qildi
Islandiyada ayollar 24-oktyabr kuni ish tashlashdi, o'n minglab odamlar poytaxt Reykyavikda ayollar huquqlarini qo'llab-quvvatlash uchun yig'ildi. Bu haqda DW ma’lum qildi.

Tashkilotchilarning aytishicha, kun bo'yi davom etgan ish tashlash jarayoni teng maosh talab qilish va ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi norozilik bildirishni anglatadi.

“24-oktabr kuni Islandiyadagi barcha ayollar, jumladan, immigrant ayollar ham pullik, ham haq to‘lanmaydigan ishlarni to‘xtatishga da’vat etildi”, deyiladi xabarda.

“Bir kun kelib, biz erlar, otalar, aka-uka va amakilardan oila va uy bilan bog'liq mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlarini kutamiz, masalan: nonushta va tushlik tayyorlash, qarindoshlarning tug'ilgan kunlarini eslash, qaynonaga sovg'a sotib olish, farzand uchun stomatolog qabuliga yozilish”, deydi tashkilotchilar.

Ma’lum qilinishicha, ish tashlashda mamlakat bosh vaziri Katrin Yakobsdottir ham ishtirok etdi va Reykyavikdagi namoyishda qatnashdi.

"Butun dunyoga qaraydigan bo'lsak, gender tengligiga erishish uchun 300 yil kerak bo'lishi mumkin", dedi Yakobsdottir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing