O‘zbekiston muftiysi Shayx Ayman Suvaydni qabul qildi

O'zbekiston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar 2026-yil 28-sentabr kuni doktor Shayx Ayman Suvayd hafizahullohni qabul qildi. Uchrashuvda Qur’on ta’limini rivojlantirish, shuningdek, qiroat va tajvid bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston muftiysi Shayx Ayman Suvaydni qabul qildi
Mehmonni qutlar ekan, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ushbu tashrif O‘zbekistonda Qur’on ta’limini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tashrifning qiroat va tajvid ilmi mutaxassislarining malakasini oshirishdagi o‘rni qayd etildi.

Shayx Ayman Suvayd o‘z navbatida O‘zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi. U «Tajvid darslari»ni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilgan yuksak darajadagi mehmondo‘stlik uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv Qur’on ta’limini yanada rivojlantirish, uni o‘qish va to‘g‘ri talaffuz qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.

Uchrashuv yakunida muftiy Nuriddin Xoliqnazar Shayx Ayman Suvaydga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

«Yangi O‘zbekistonning obod masjidlari» jurnali mehmon katta taassurot qoldirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing