Islom san’ati durdonalari Moskvada ilk bor namoyish etildi
Dunyo
Moskvada “Islom san’ati durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi. Unda Sharq muzeyi to‘plamidan olingan noyob asarlar, jumladan, uzoq vaqt davomida kelib chiqishi noma’lum bo‘lib kelgan Buxorolik girih namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma VDNHdagi Sharq muzeyining filialida tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodan tortib Xitoy va Rossiyagacha bo‘lgan keng madaniy hududni qamrab oladi.
Ekspozitsiyaga Markaziy Osiyo, Arab mamlakatlari, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy va Rossiya ustalari yaratgan qariyb 100 ta yuksak san’at namunasi kiritilgan. Ular orasida qadimiy Qur’on qo‘lyozmalari, ilk islom tangalari, kitob miniatyurasi va xattotlik namunalarini ko‘rish mumkin.
Alohida e’tibor tortayotgan eksponatlardan biri — me’moriy chizmalar aks ettirilgan noyob girih qo‘lyozmasidir. Uning muallifi yillar davomida noma’lum bo‘lib kelgan. Ko‘rgazma kuratori Ilya Zaytsev qo‘lyozma Buxoradan kelib chiqqanini va mashhur me’mor Faziljonning shogirdi Muhammad Sharifga tegishli ekanini aniqlagan.
“Girihlar — butunlay noyob narsa. Bugun ularni faqat O‘zbekistondagi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida va Turkiyadagi Topkapi muzeyida ko‘rish mumkin. Va endi — bizda, Sharq muzeyida. Biz ularni ilk bor namoyish qilyapmiz!” — dedi Zaytsev ochilish marosimida.
Ko‘rgazma islom san’ati merosiga oid qimmatli eksponatlarni bir joyda ko‘rish imkonini beradi. Ulardan ko‘pchiligi ilgari keng omma uchun namoyish etilmagan.

Powered by Froala Editor