Israel Hayom: Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi kurash uchun Isroildan razvedka ma’lumotlarini so‘radi
Dunyo
Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi kurashda yordam so‘rab, Isroilga murojaat qildi. Bu husiylarning strategik ahamiyatga ega Bab al-Mandab bo‘g‘ozi tomon siljishi fonida yuz berdi. Israel Hayom nashriga ko‘ra, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Yaqin Sharqdagi qator davlatlardan, jumladan Isroildan yordam so‘ragan.
Nashr mintaqadagi diplomatik vakillarga tayanib, Fors ko‘rfazi davlatlari va Misrga murojaatlar bevosita yuborilganini, Isroilga esa so‘rov AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) orqali yetkazilganini ma’lum qildi. Ar-Riyodning Isroil tomoniga asosiy murojaati razvedka ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Israel Hayom ma’lumotiga ko‘ra, bin Salmon Bab al-Mandab bo‘g‘ozining bloklanishi mintaqa va jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirgan. Husiylarning oldinga siljishi va dengiz qatnoviga tahdid kuchayishi fonida Isroilning ehtimoliy yordami bo‘yicha bilvosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar allaqachon olib borilayotgan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Isroil jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etishga shoshilmasligi kutilmoqda. Bunga faol aralashuv husiylarning Isroil hududiga yangi raketa va dron hujumlarini boshlashiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Ar-Riyodning Isroilga murojaati Saudiya Arabistonining husiylarga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy yordam izlayotgani fonida yuz berdi. Avvalroq valiahd shahzoda AQSh Prezidenti Donald Trampdan harbiy yordam so‘ragan edi. Vashington husiylarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy amaliyot o‘tkazishdan bosh tortgan, biroq Saudiya Arabistoniga razvedka va nishonlarni aniqlash bo‘yicha yordam taklif qilgan.
Bab al-Mandab atrofidagi vaziyat husiylar Qizil dengiz sohilidagi bir qator strategik pozitsiyalarni, jumladan bo‘g‘oz yaqinidagi orollarni egallagach, yanada keskinlashdi. Ularning oldinga siljishi mintaqadagi dengiz qatnovi va energetika yo‘nalishlari uchun xavflarni oshirmoqda.
Israel Hayom vaziyatning Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar uchun siyosiy ahamiyatini ham qayd etadi. Nashrga ko‘ra, inqiroz ikki davlat o‘rtasidagi yaqinroq hamkorlik uchun imkoniyat yaratishi va bin Salmonga qirollik ichidagi Isroil bilan yaqinlashishga qarshi kuchlar oldida qo‘shimcha dalil berishi mumkin.

Powered by Froala Editor