Isroil armiyasi vakili HAMASni "yo'q qilib bo'lmaydi" deb aytdi

Dunyo

Isroil armiyasining bosh vakili chorshanba kuni HAMASni yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi. Bunga hukumat tezkor javob berib, Falastin jangari guruhini yo‘q qilish niyatidan qaytmaganini yana bir bor tasdiqladi.

Isroil armiyasi vakili HAMASni "yo'q qilib bo'lmaydi" deb aytdi
“HAMASni yoʻq qilamiz deyish odamlarning koʻziga qum sepishday gap. Agar biz muqobil taklif qilmasak, oqibat bizda HAMAS bo'ladi", — dedi kontr-admiral Daniel Xagari Isroilning 13-kanaliga.

Uning sharhlari Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu ma'muriyati tomonidan darhol tanqid qilindi. G'azodagi hujum HAMAS mag'lub bo'lgunga qadar to'xtamaydi, dedi Netanyaxu ma'muriyati.

G'azo SSVning payshanba kuni e'lon qilingan bayonotiga ko'ra, 7-oktyabrdan boshlab Isroil qo'shinlarining G'azoga hujumi oqibatida 37 431 dan ortiq falastinlik halok bo'ldi va 85 653 kishi yaralandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing